Rossiyalik kosmonavt Anton Shkaplerov maxsus mashinka yordamida fazoda qanday qilib soch olish mumkinligini ko`rsatdi, deya xabar bermoqda Populyarniy mexanik nashri.
Anton o`zining hamkasbi Aleksandr Misurkinning sochini kaltalagan.
kosmonavtlar foydalangan maxsus mashinka changyutgichga ulangan. Gap shundaki, qirqilgan soch tolalari fazoviy stansiya ichida sochilib ketmasligi lozim.
Shuning barobarida Shkaplerov amerikalik hamkasbi Jo Akabning ham sochini hazil tariqasida uch dollarga kaltalab qo`yishga kelishdi.






