Janubiy Koreyaning Kimpxo aeroportida ikki samolyot to`qnashib ketdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Air Korean aviakompaniyasining havo kemasi dum qismi bilan Asiana Airlines laynerining qanotiga urildi. Oqibatda ikkala uchoqqa ham zarar etdi. Buning natijasida esa bir nechta reyslar bekor qilingan.






