Ispaniya polisiyasida tobi qochgan odamga birinchi tez tibbiy yordam bera oladigan ko`ppak faoliyat olib boradi, deya yozmoqda Tvzvezda.ru nashri.
Ko`ppakning laqabi Poncho. Poncho mazasi qochgan bemorning yuragini old panjalari bilan massaj qiladi. Shundan so`ng jabrdiyda nafas olayotganini tekshirib ko`radi. Bemor to o`ziga kelmaguncha Poncho ushbu harakatlarni takrorlayveradi.






