AsosiyDunyo

Bir kecha-kunduzda 30 ming gektar o`rmon kultepaga aylandi

'Bir kecha-kunduzda 30 ming gektar o`rmon kultepaga aylandi'ning rasmi

Ayni kunlarda Rossiya Federasiyasida yirik o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda. So`nggi bir kecha-kunduzda Uzoq Sharqdagi 30 ming gektar maydonga teng o`rmonlar yonib ketgan. Bunda asosan Yoqutiston o`rmonlari talofat ko`rgan. Hududda favqulodda vaziyat holati e`lon qilingan.

Uzoq Sharq fedaral okrugi o`rmon xo`jaligi departamenti ma`lumotlariga asoslanib bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

Qayd etilishicha, o`tgan kunlarda Yoqutiston, Magadan viloyati, Kamchatka o`lkasi, Chukotka avtonom okrugida jami 111 ta yong`in o`chog`i aniqlangan bo`lib, ulardan 23 tasi o`z vaqtida bartaraf etilgan. So`nggi bir-kecha kunduzda hududdagi o`rmonlarda yana 3 ta yong`in sodir bo`lgan. Bugun tongdan esa Uzoq Sharqda 88 ta o`rmon yong`ini kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar