AsosiyDunyo

Kambojada dunyodagi eng uzun sharf yaratildi

'Kambojada dunyodagi eng uzun sharf yaratildi'ning rasmi

Kambojada dunyodagi eng uzun sharf yaratildi, deb xabar bermoqda Rentv.ru nashri.

Kamboja poytaxti Pnompen shahri markaziga minglab mahalliy aholi vakillari hamda sayyohlar jam bo`lishgan. Ular dunyodagi eng uzun sharfni ko`rish uchun to`planishdi. Sharfni yaratish jarayoni joriy yilning 14 fevral sanasidan boshlangan va u deyarli 5 oy muddatda tayyor bo`ldi. U Ginnesning rekordalar kitobiga dunyodagi eng uzun ro`mol sifatida kiritildi. Shundan so`ng odamlar mazkur voqeani bayram sifatida nishonlashni boshlab yuborishgan.

Sharfning uzunligi 1100 metrni tashkil qiladi. Uni yaratishda yuzlab ko`ngillilar va mutahassislar ishtirok etishgan. Endilikda ushbu sharfdan Pnompen ko`chalarida quyoshdan saqlovchi vosita sifatida foydalaniladi.

    Boshqa yangiliklar