Toshkentda ota bedarak yo`qolgan o`g`lini qidirmoqda, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi O.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 1 iyun kuni o`g`li Sulton Axmadjonov ko`k rangli "Matiz" rusumli avtomashinasini Chilonzor tumanida joylashgan "Olimpolvon" oshxonasi oldidan noma`lum tomonga haydab ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan.
Ayni vaqtda Sulton Axmadjonovni qidirib topish choralari ko`rilgan. Surishtiruvni ishlari olib borilmoqda.
O`zbekiston IIV ushbu munosabat bilan fuqarolarga murojaat qilmoqda: Sulton Axmadjonov yoki uning mashinasini ko`rganlar yoki u haqida biron-bir ma`lumotga ega bo`lgan insonlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga yoki 102 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib xabar berish so`ralmoqda.






