AsosiyJamiyat

Olmazor tumanida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

'Olmazor tumanida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda'ning rasmi

1 iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani THAY ko`chasida haydab ketayotib piyoda, Uchtepa tumanida yashovchi shaxsni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada piyoda jarohat olib voqea joyida halok bo`lgan. Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qilmoqda.

IIV mazkur holatga guvoh bo`lib, piyodani urib ketgan shaxs yoki avtomashina haqida biron bir ma`lumotga ega fuqarolarni ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga yoki 102 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib xabar berishlarini so`raydi.

    Boshqa yangiliklar