Joriy yilning may oyining so`ngida Toshkent shahar Xokimiyatining ko`magi bilan “Obod mahalla” dasturining amalga oshirish jarayoni boshlandi. Poytaxtda baxtli istiqomat qiluvchilar soni 56 000 taga oshdi... Bu esa hali boshlanishi!
Dasturning mohiyati nimada?
Har bir mahallada obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun ma`lum bir hudud tanlandi. Obodonlashtirishning asosiy punktlari quyidagilardan iborat bo`ldi:
- ichki yo`l va yo`laklarni tiklash, hamda qaytadan asfaltlash;
- hududlarni ko`kalamzorlashtirish;
- binolar fasadi va tomini yangilash;
- bolalar maydonchalarini barpo etish;
- ko`chalar yorug`ligini yaxshilash;
- uylar ko`rsatkichlarini o`rnatish.
Natijalar

Masalan, Uchtepa tumanidagi mahallada tez yordam avtomobillari uchun mahsus hududni uchratish mumkin. Bu favqulodda vaziyatlarda yashovchilar oldiga kirishni iloji boricha engillashtiradi. Ko`cha fonarlarini o`rnatish jinoyatchilik va bezorilik kamayishiga olib keldi.
Yangi bolalar maydonchalari va futbol maydonlarining qurilishi yana bir ijobiy tebranishni kelib chiqardi. Endi yoshlar yanada ko`proq vaqtlarini toza havoda o`tkazishadi, rivojlantiruvchi o`yinlar o`ynashadi, tengdoshlari bilan muloqot qilib qurilmalarga kamroq vaqt ajratadilar.
Shuni ham ta`kidlash joizki, “Obod mahalla” Dasturini amalga oshirish vaqtida Toshkent shahar Hokimiyati tomonidan ish tahlillari o`tkazilib ba`zi bir kamchiliklar va xatoliklar qayd etildi. Shuning uchun Dasturni kelgusi ob`ektlarda amalga oshirishda barcha qayd etilgan ko`rsatmalar e`tiborga olinadi.
“Obod mahalla” Dasturi hammani o`z atrofida birlashtiradi
Dastur joriy etilganidan so`ng Toshkent shahar Hokimiyatiga murojaatlar soni 55% ga oshdi. Dastur joriy etilishidan oldin kuniga o`rta hisobda 500 ta murojaat qabul qilingan bo`lsa, hozirda kunlik murojaatlar soni o`rtacha 1000 tadan ortiq. Barcha qabul qilingan murojaatlardan 72% ko`rib chiqildi, 69% – hal qilindi. Istiqomat qiluvchilar mahallalarni obodonlashtirish navbati yuzasidan murojaatlaridan tashqari, shahar obodonlashtirish dasturini amalga oshirishga yordam berish tashabbusi bilan yirik kompaniyalar vakillari, xususiy tijoratchilar tomonidan so`rovlar keldi. Shu munosabat bilan har kim Dasturda ishtirok etish uchun maxsus http://tashkent-tender.uz/ saytga kirib, talabnoma yuborishi mumkin.
Shahar hayotida o`z izingizni qoldiring!