AsosiyJamiyat

Kaliningradda o`zbek soldati 73 yil oldin yo`qotgan qoshiq topildi

'Kaliningradda o`zbek soldati 73 yil oldin yo`qotgan qoshiq topildi'ning rasmi

Kaliningradda Nikolay Kisil boshchiligidagi Ikinchi jahon urushi jang maydonlarida qidirish ishlari olib bordigan ko`ngilli qidiruvchilar otryadi o`zbek soldati 73 yil oldin yo`qotgan qoshiqni topildi, deb xabar berdi Sputnik.

Ular ushbu buyumni askarning qarindoshlariga berishmoqchi.

Qizig`i shundaki, ushbu qoshiqda askarning ismi va familiyasi hamda manzili to`liq yozilgan.

“Bu juda noyob topilma. Oldin hech bir qidiruvchiga bunaqasi uchramagan. Bunday kichik buyumga shuncha ma`lumotni qanday qilib sig`dirish mumkin. Biz ushbu qoshiqning egasi Jaynak Xolmatovni va uning yaqinlarini topib qoshiqni askarning oilasiga berishga tayyormiz”, — deydi Kisil.

Ushbu topilma Tropinino nomli aholi punkti yonida topilgan. Bu erda 1945 yilning mart oyida o`ta og`ir janglar bo`lib o`tgan. Bu joy muhim transport tuguni bo`lgani uchun nemislar uni juda kuchli himoya qilishgan. Sovet askarlari bu erni olish uchun kamida ikki oy kurashgan. Janglarda 4 mingdan ortiq nemis askarlari yo`q qilingan, 6 tank, 600 to`plar, 30 minomet va 128ta pulemyot o`lja olingan.

Imennaya lojka uchastnika VOV Jaynaka Xalmatova

Qidiruvchilar otryadi rahbari aytishiga qaraganda, dom-daraksiz yo`qolgan askarlarni qidirish o`ta mushkul ish. Faqatgina uning yonida orden va medallari bo`lsa, ularning nomeriga qarab askarning ismi familiyasini bilib olish mumkin.

Qidiruvchilar otryadi Pyatidorojnoe aholi punkti yonida bir necha dom-daraksiz yo`qolgan askarlar jasadlarini topishgan. Ularning ikki nafarini ismi familiyasi aniqlangan: askarlar Kamash Bekmuxambetov va Vasiliy Xobotov. Ularning qoldiqlari qarindoshlari yoniga Qozog`iston va Belarusga jo`natilgan.

Ekspedisiya davomida topilgan buyumlar orasida ushbu qoshiq ham topilgan. Unda dastlab faqat “Samarqand” va “Xalmatov” nomli yozuvlar ko`zga tashlangan. Yaxshilab tozalanganidan keyin esa “Samarqand viloyati, Poyariq rayon, Burkut posyolkasi” degan yozuv ko`ringan.

Yozuvni o`qishda qidiruvchilar rahbari Nikolay Kisil yordam bergan, chunki uning o`zi O`zbekistonda 38 yil yashagan va joylar nomlari bilan tanish.

Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi ma`lumotga asosan, qurbonlar orasida Jaynak Xalmatovning ismi yo`q, demak u urushda tirik qolgan bo`lishi ehtimoli katta.

“Ayni damda biz askarning ushbu buyumini qaytarish maqsadida O`zbekistondan Jaynak Xalmatovning yaqinlarini qidirmoqdamiz. Biz Kaliningrad uchun janglarda o`z yaqinlarini bedarak yo`qotgan o`zbekistonliklarga yordam berishga tayyormiz”, — deyishadi qidiruvchilar.

Kaliningrad viloyatida qidiruvchilar otryadlari 20 yildan beri faoliyat olib boradi. Bugungi kunda ularning soni 136 kishiga etgan.

    Boshqa yangiliklar