Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko`chasidan Abdulla Qodiriy ko`chasiga o`tuvchi yo`l avtomobillar harakati uchun qaytadan ochildi. Bu haqda shahar hokimligi sayti xabar qiladi.
“Poytaxtimizda olib borilayotgan keng ko`lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari fuqarolarning turmush kechirish sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Qolaversa bu yo`llardagi harakatlanishni tartibga solish, yangi ko`priklarni qurish va yo`lovchilarning mushkulini oson qilish bilan chambarchas bog`liqdir.
Shu munosabat bilan transport vositalari uchun qulaylik yaratish maqsadida Yashnobod tumani Mahtumquli ko`chasidan A.Qodiriy ko`chasiga o`tish yo`li ochilganligini ma`lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.






