AsosiyDunyo

Indoneziyada kuchli zilzila qayd etildi

'Indoneziyada kuchli zilzila qayd etildi'ning rasmi

Bugun mahalliy vaqt bilan 16:59da Indoneziya sohillarida 6,0 magnitudali er silkinishi kuzatildi.

Xorijiy OAV xabarlariga ko`ra, zilzila markazi Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyadan 240 kilometr uzoqda bo`lgan hududga to`g`ri kelgan. Hozircha favqulodda hodisada jabrlanganlar, halok bo`lganlar haqida ma`lumotlar yo`q.

Indoneziya sayyoramizning seysmik eng faol bo`lgan nuqtasi – Tinch okeani olovli halqasida (kuchli tektonik yoriqda) joylashgan. Bu hududdagi faol tektonik plitalar yiliga 7 santimetr tezlik bilan siljib turadi. Shu boisdan mamlakatda har yili 4,0 magnitudali 6-7 mingtagacha er silkinishlari kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar