Fransiya poytaxti Parijda ochiq osmon ostidagi ulkan kinoteatr ishga tushdi, deb xabar berdi Vesti nashri.
Yangi kinoteatr Parijning eng mashhur ko`chasi hisoblangan Champs Elisesda barpo etilgan. U parijliklar yoz mavsumini yanada maroqli o`tkazishlari uchun yaratildi. Yozgi kinoteatr 1700 kishiga mo`ljallangan bo`lib, hozirda odamlar bu erda film tomosha qilishga navbat kutib turishibdi.
Bu yangilik nafaqat shahar aholisini, balki sayyohlar e`tiborini ham jalb qilmoqda. Ochiq osmon ostidagi yozgi kinozal o`z seanslarini oqshom tushgach boshlaydi. Unda ilk bora Jan Reno ishtirokidagi mashxur fransuz komediyasi namoyish etildi. Endilikda dunyoning eng ommabop va yangi kinokartinalari tomoshabinlarga taqdim etilishi mo`ljallangan. Kirish chiptasi narxi 4 evro.






