Yo`qolib qolgan mushuk oradan o`n yil o`tib uyga qaytdi, deya ma`lum qildi Lenta.ru nashri.
Oq-sariqdan kelgan Garri laqabli mushuk xo`jayinining uyidan 2008 yili chiqib ketib, qaytib kelmagandi. O`shanda Garri mushukcha edi. Jonivorning egasi 39 yoshli Mark Selisbari (Mark Salisbury) suyukli mushukchasi endi qaytib ko`rmasam kerak, deb o`ylagandi va umidini ham uzib qo`ygandi.
Oradan o`n yil o`tib Garrini Ipsvich shahridagi jonivorlar pansionidan topiladi. Ma`lum bo`lishicha, shu yillar davomida Garri daydib yurmagan. Uni keksa bir odam asrab olgan ekan. O`limidan oldin chol mushukni pansionga topshirgan.
Mushukning asl egasini esa undagi mikrochip orqali aniqlashgan.