AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yirik sanoat choy plantasiyalari tashkil qilinadi

'O`zbekistonda yirik sanoat choy plantasiyalari tashkil qilinadi'ning rasmi

Choy etishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

“Choy etishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risi”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Qaror bilan Choy etishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifasi choy urug`lari va ko`chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, bu sohada mehnat qilayotgan fermer xo`jaliklari hamda tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash, choy etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va yirik sanoat choy plantasiyalarini tashkil qilish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar