Annaqulov Baxitbay Qidirbaevich Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri lavozimida ish boshladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
B.Annaqulov bundan avval Qoraqalpog`iston Respublikasi urug`chilikni rivojlantirish markazi boshqarmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Ungacha Qoraqalpog`iston Respublikasi agrokimyo stansiyasi boshlig`i lavozimida ishlagan.
Eslatib o`tamiz, Qoraqalpog`iston Respublikasida joriy yil Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi bo`linib, ikkita alohida vazirlikka aylantirilgan edi. Suv xo`jaligi vaziri sifatida avval Quyi Amudaryo irrigasiya tarmoqlari havzasi boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan Jalg`as Uzaqov faoliyat yuritib kelmoqda.






