O`tgan haftada Kanadaning bir qator sharqiy viloyatlarida kuzatilgan issiq ob-havo Monrealda (Kvebek shtati) kamida olti kishining o`limiga sabab bo`lgan.
Bu haqda CTV telekanali orqali ma`lumot berilgan.
Sog`liqni saqlash vazirligining vakili Milen Druonning so`zlariga qaraganda, hozirgi paytda bu jiddiy ob-havo tufayli eng kamida oltita shaharchadagi vaziyat yomonlashishi mumkin. Bunday ob-havo so`ngi marta 2010 yilning yozida kuzatilgan.
Aholi ushbu vaziyatni jiddiy qabul qilishga chaqirilmoqda.
Monreal Kanadadagi ikkinchi yirik shahardir. Bu erda 1,7 million kishi istiqomat qiladi. Monreal va uning atrofidagi aholi soni esa 3,5 millionni tashkil etadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan haftada Kvebek, Ontario, Kanada va Atlantika okeanining janubiy qismida haddan tashqari issiq ob-havo kuzatilgan. Kun davomida havo harorati 30-40 gradusgacha issiq bo`lgan. Meteorologlar salqin havo oqimi sharqiy Kanadaga juma kuni kelishini taxmin qilishmoqda.






