O`zbekiston musulmonlar idorasi o`z turfirma ta`sis etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
“O`zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi “Muslim-tour” nomli turistik firmaning faoliyati mahalliy va xorijiy fuqarlarni mamlakat ichidagi va tashqarisidagi muqaddas joylarga tashriflarini uyushtirish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish va musulmon dunyosida O`zbekiston obro`sini oshirishga qaratilgan”, — deyilgan xabarda.
Davlat Turizmni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan “Muslim-tour” turistik agentligiga ichki va tashqi turistik faoliyat bilan shug`ullanish imkonini beruvchi lisenziya berilgan.






