Respublika yagona prosessing markazi O`zbekiston Milliy bankining “Milliy” mobili ilovasini vaqtincha o`chirdi, deb xabar qilmoqla Uzcard.
“Xavfsizlik talablariga javob berilmagani hamda EOPS tomonidan to`lov tizimlarni prosessing markaziga ulanishi, faoliyat yuritishi bo`yicha reglamentga rioya qilinmagani bois, ushbu mobil ilovasi vaqtincha to`xtatilgan”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, xabarda aytilishiga ko`ra, ko`rsatilgan muammolar bartaraf etilganidan keyin mobil ilova yana qayta ishga tushadi.
Eslatib o`tamiz, Milliy bankning Milly mobil ilovasi O`zbekistonda birinchi bank xizmatlari ko`rsatuvchi mobil ilovalardan edi. Uning yordamida mablag`larni kartadan kartaga o`tkazish, mobil aloqa, internet, TV, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to`lash imkoni bor edi.






