AsosiyDunyo

Xitoyda jala oqibatida 7 kishi hayotdan ko`z yumdi

'Xitoyda jala oqibatida 7 kishi hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida kuchli yomg`ir keltirib chiqargan suv toshqinlari 7 kishining umriga zomin bo`ldi, 18 ming dan ziyod aholi xavfsiz joylarga ko`chirilgan.

Bu haqda Sinxua agentligi xabar beradi.

Qayd etilishicha, Sichuanda o`tgan haftadan buyon davom etayotgan kuchli yomg`ir 116 ming aholi hayotiga ta`sir qiluvchi 64 ta geolologik ofatni keltirib chiqargan. Qishloq xo`jaligi tarmog`iga ham jiddiy zarar etgan. Ekin dalalari suv ostida qolgan, maktab binolari va ko`priklar vayron bo`lgan, yo`llarni sel olib ketgan. Ko`rilgan iqtisodiy zarar miqdori 159 million yuan (23,8 million dollar) atrofida.

Kuchli yog`ingarchilik Xitoyning Shensi provinsiyasida ham kuzatilmoqda. Hududdagi 16,6 ming aholi tabiiy ofatlar ta`sirida qolgan. 290 kishi xavfsiz joylarga ko`chirilgan. Noqulay ob-havo sharoiti provinsiyaga 35 million yuan (5,2 million dollar) miqdorida iqtisodiy zarar etkazgan.

    Boshqa yangiliklar