AsosiyJamiyat

Toshkent jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

'Toshkent jahon chempionatiga mezbonlik qiladi'ning rasmi

Joriy yilning 7-14 iyul kunlari Toshkentda yoshlar o`rtasida og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Bugun nufuzli musobaqa oldidan “International hotel Tashkent” mehmonxonasida Xalqaro og`ir atletika federasiyasi ijroiya qo`mitasi yig`ilish o`tkazildi.

647a4dc3-6c07-4481-8a65-a700bb765502.jpg

Ayni paytlarda jahon og`ir atletikasida sezilarli o`zgarishlar ro`y bermoqda. Bir necha yildan buyon mutaxassislar tomonidan bildirilayotgan takliflardan so`ng, nihoyat xalqaro tashkilot og`ir atletika qonun-qoidalariga, mavjud vazn toifalariga juz`iy o`zgartirishlar kiritishga qaror qildi. Bundan tashqari, sportchi va jamoalar reytingini aniqlash tizimi ham yangilanishi kutilmoqda.

e4d91b57-8aca-41e7-9bb0-0a7e1f39b56e.jpg

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston og`ir atletika federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Shahrillo Mahmudov Osiyo og`ir atletika federasiyasi vise-prezidenti sifatida ijroqo`m a`zosi hisoblanadi.

6c89f0ad-aaa5-4afe-9af7-8a1ba387411f.jpg

    Boshqa yangiliklar