AsosiyDunyo

Indoneziyada parom halokatga uchradi

'Indoneziyada parom halokatga uchradi'ning rasmi

Indoneziyada yana bir parom halokatga uchradi. Voqea oqibatida kamida 29 kishi hayotdan ko`z yumgan, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

Ushbu hodisa Sulavesi oroli yaqinida ro`y berdi. Paromning bortida 140 ga yaqin yo`lovchi bo`lib, ulardan 29 nafari cho`kib ketgan bo`lsa, qutqaruvchilar 30 dan ko`proq odamni qutqarib olishgan. Qutqarilganlarning 8 nafari og`ir ahvolda shifoxonaga etkazildi. Ma`lumotlarga ko`ra, parom sohildan 200 metr narida cho`kib ketgan. Hudududa qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Ushbu jarayon yomon ob-havo sharoiti tufayli qiyin kechmoqda.

Shuningdek, mahalliy aholi vakillari ham qutqaruv amaliyotiga ko`mak uchun kelib qo`shilishdi. Kemada yo`lovchilardan tashqari avtomobillar va yuk mashinalari ham bor edi. U Sulavesidan Selayar oroli tomon yo`l olgan. Halokatga kuchli shamol va baland to`lqin ko`tarilishi sabab bo`lgan, degan taxminlar bor. Shu kabi hodisa Indoneziyada 17 iyunda yuz bergandi. Sumatra oroli yaqinida bortida 200 ga yaqin yo`lovchi bo`lgan parom cho`kishi oqibatida 180 ga yaqin odam halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar