Venesuelada naqd pul bilan bog`liq muammolar tufayli odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini o`zaro ayirbosh qilishmoqda, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Odamlarning naqd pulga bo`lgan talablari qondirilmayotgani tufayli aholi vakillari tirikchilik uchun o`zaro mahsulot almashishga majbur bo`lishmoqda. Karib dengizi sohilidagi Rio-Chiko shahrida baliqchilar tutgan baliqlarini sotish o`rniga un, guruch, yog` kabi mahsulotlarga ayirbosh qilishmoqda. Jo`hori va shu kabi donli ekinlar etishtiruvchi dexqonlar ham go`sht va baliq olish uchun o`z hosillarini berishmoqda.
Eng arzon narsalarga ham banknotlar bilan to`lov qilishga imkon bo`lmayapti. Yirik shaharlarda naqd pulni bank o`tkazmalari va kartalar orqali olish mumkin bo`lsa-da, bunday operasiyalarni qishloq joylarda amalga oshirishning iloji yo`q. Bir vaqtlar Aamerikaning eng boy davlatlaridan biri bo`lgan Venesuelada iqtisodiy inqiroz tufayli so`nggi 2 yil ichida 1 million aholi boshqa joylarga ko`chib ketgan.






