AsosiyDunyo

Dog`istonda o`smir yigit otasining mashinasini minib, momo va nevaraning o`limiga sababchi bo`ldi (Video)

'Dog`istonda o`smir yigit otasining mashinasini minib, momo va nevaraning o`limiga sababchi bo`ldi (Video)'ning rasmi

Hasavyurtda 14 yoshli o`smir yigit otasining “Mersedes” markali mashinasida uch kishini urib yubordi, deya xabar qildi Layf nashri.

Qora “Mersedes”ning yosh haydovchisi muyulishda boshqaruvni yo`qotadi va yo`l chetidan ketib borayotgan uch kishi – ona, qiz va ularning momosini urib yuboradi. Oqibatda momo va nevara voqea joyida o`lim topishdi. Ayol esa shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.


Boshqa yangiliklar