So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarida yangi o`quv yilining erta boshlanishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Bu esa yozgi ta`til kunlarini oldindan rejalashtirgan ota-onalar hadigiga sabab bo`lishi mumkin.
Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O`zA Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati bilan bog`landi va quyidagi javobni oldi:
— Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o`quv yilining 10 avgustda boshlanishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. O`quvchilarning yozgi ta`til kunlari muddati va yangi o`quv yilining boshlanish sanasida hech qanday o`zgarish yo`q. Tizimga biror yangilik joriy etilishi rejalashtirilgan taqdirda, bu haqda, albatta, OAV orqali rasman ma`lum qilamiz.






