AsosiyJamiyat

Mushafi sharifning navbatdagi nusxasi sotuvga chiqarildi (foto)

'Mushafi sharifning navbatdagi nusxasi sotuvga chiqarildi (foto)'ning rasmi

Mushafi sharifning navbatdagi 10 ming nusxasi bosmadan chiqarildi. Bugun erta tongdan poytaxtimizdagi “HILOL NASHR” nashriyot-matbaa bosmaxonasi oldida aholi gavjum.

Minglab yurtdoshlarimiz muborak Qur`oni Karimni xarid qilish uchun navbatda turishibdi. Talab yuqori bo`lgani bois har bir xonadon uchun bittadan Mushafi sharif sotilmoqda. Narx o`zgarmagan. Minglab yurtdoshlarimiz muborak Qur`oni Karimni xarid qilish uchun navbatda turishibdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Nashriyot direktori Abdulvahid Sattiev har ikki yarim oyda Mushafi sharif 10 ming nusxadan chop etilishini ta`kidlagan edi.

6-mushafga_navbat-680x453.jpg

Xabaringiz bor, shu yilning mart oyida Qur`oni Karim kitobi “HILOL NASHR” nashriyot-matbaasi tomonidan “Dorus-salom” nashriyotining rasmiy ruxsati bilan asliy nusxasi asosida, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida chop etilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita Mushafni 50 ming nusxada chop etishga ruxsat bergan. Dastlabki nashr qilingan 10 ming nusxa kitob nashriyotning 7 ta do`koni, shuningdek, hududlardagi hamkor kitob do`konlariga belgilangan yagona narxi – 31 ming so`mdan sotish sharti bilan tarqatildi va sotuvga chiqqan kunidayoq sotib tugatildi.

photo5328137373319538961.jpg

photo5325761891332630891.jpg

photo5328137373319538962.jpg

photo5328137373319538963.jpg

photo5328137373319538964.jpg

    Boshqa yangiliklar