AsosiyJamiyat

Har bir OTMda Davlat attestasiya komissiyalari tuziladi

'Har bir OTMda Davlat attestasiya komissiyalari tuziladi'ning rasmi

Yakuniy davlat attestasiyasi talabalarning jismoniy tayyorgarlik va harbiy-maxsus tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida iyun – iyul oylarida o`tkaziladi.

O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o`quv bo`linmalarida yakuniy davlat attestasiyasini tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha yo`riqnoma Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Mazkur Yo`riqnomaga asosan, yakuniy davlat attestasiyasini o`tkazish uchun har bir OTMda Davlat attestasiya komissiyalari tuziladi. Yakuniy davlat attestasiyasi talabalarning jismoniy tayyorgarlik va harbiy-maxsus tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida iyun – iyul oylarida o`tkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasi erkak talabalar uchun turnikda tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish, ayol talabalar uchun esa kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi, 100 va 1000 metrga yugurish mashqlari orqali ularning kuch, tezlik va chidamlilik qobiliyatlarini tekshirishdan iborat.

Talabalarning harbiy maxsus tayyorgarlik darajasini baholash uchun savollarning kamida 40% amaliy bo`lgan og`zaki savol-javob o`tkazilib, davlat attestasiya komissiyasi tomonidan yakuniy baholar qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar