Rossiyalik erkak Gruziya aeroportida inson hayoti uchun xavfli bo`lgan zaharli suyuqlikni to`kdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
U Gruziya davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda xizmatning rasmiy saytida ma`lumot berilgan. “Tergov jarayonida 2018 yilning 2 iyul kuni rossiyalik Dmitriy B. Ismli shaxs Tbilisi xalqaro aeroportining uchish zalidagi kassalardan biri oldida inson hayoti uchun xavfli bo`lgan suyuqlikni to`kkan”, deb xabar berilgan.
Gruziya OAVlarining ma`lumot berishicha, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlangan. Ayni paytda ularning hayoti xavf ostida emas. Huquq-tartibot idorasi xodimlari mazkur fakt yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.






