AsosiyJamiyat

Penza viloyatida avtobusi buzilib qolgan o`zbekistonliklarga FVV yordam berdi

'Penza viloyatida avtobusi buzilib qolgan o`zbekistonliklarga FVV yordam berdi 'ning rasmi

Penza shahri yaqinida, avtobusi buzilib qolgan o`zbekistonliklarga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi yordam berdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston elchixonasi.

Xabarda aytilishiga ko`ra, 70 kishini olib ketayotgan yo`lovchi avtobus uzatmalar qutisi buzilishi tufayli Nijnelomovsk va Makshansk tumanlari chegarasida buzilib qolgan. Voqea joyiga etib kelgan mahaliiy FVV xodimlari avtobusni tuzatishga yordam berishgan.

Undan tashqari, yo`lovchilarga issiq ovqat, mehmonxonadan joy va tibbiy yordam taklif qilingan, lekin ular ushbu xizmatlardan voz kechishgan. Avtobus 4 iyul kuni soat 13:30 da O`zbekiston tomon yo`l olgan.

Eslatib o`tamiz, biroz oldin bir qator mahalliy OAVlarida 100ga yaqin o`zbekiston fuqarolari avtobus buzilishi natijasida Moskvada 600 km uzoqlikda yo`lda qolib ketishgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Bu haqida yo`lovchilarning o`zlari yordam so`rab ijtimoiy tarmoqqa videomurojaatnoma joylashtirgan edi.

    Boshqa yangiliklar