AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura ayolni tahqirlagan IIB tergovchisi yuzasidan ishni o`z nazoratiga oldi

'Bosh prokuratura ayolni tahqirlagan IIB tergovchisi yuzasidan ishni o`z nazoratiga oldi'ning rasmi

Kecha, 4 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot organi xodimi o`g`rilikda shubhalangan ayolni haqoratlagan videotasvir tarqalgan edi. Unda o`zi ko`rinmaëtgan erkak kishi kamera qaratilgan aëlni qattiq haqorat bilan kiyimlarini echishga majbur qilib, do`q-po`pisa qilgan.

Ma`lum bo`lishicha, bu voqea 3 iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahar Ichki ishlar bo`limining binosida bo`lgan. Haqorat va tahdid ostida aëlni echinishga majburlagan shaxs IIB Jinoyat qidiruv bo`limi tergovchisi San`at Umarov ekanligi aytildi.

Majburan echintirilgan ayollar viloyat prokuroriga shikoyat qilgan.

Ushbu masala yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog`landik. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning aytishicha, ayni paytda ushbu masala qat`iy nazoratga olingan.

Ayni paytda tergovchi qo`lga olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya`ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o`ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkazilishi) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Kattaqo`rg`on IIB rahbariyatiga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

«Bu kishini g`azablantiruvchi holat. Mansabi va vakolatidan qat`i nazar bunday ishga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Mazkur ish bosh prokurorning alohida nazoratiga olingan», — dedi Surayyo Rahmonova.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab tanqidlarga sabab bo`ldi. Tergov organlarining bu kabi noqonuniy xatti-harakatlari hatto jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin emas. Aybi sudda isbot etilmagan hech bir fuqaro jinoyatchi hisoblanmaydi. Qolaversa, tergov xodimining bu harakati insoniylik mezonlariga ham ziddir.

    Boshqa yangiliklar