AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda ayolni echinishga majbur qilgan milisiya xodimi ishi bo`yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

'Kattaqo`rg`onda ayolni echinishga majbur qilgan milisiya xodimi ishi bo`yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy saytida o`zbek ayolini echintirgan tezkor xodim San`at Umarov ishi yuzasidan rasmiy bayonot e`lon qilindi.

2018 yil 22 iyun kuni fuqaro N.T. Samarqand viloyat DXX boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 03.06.2018 yilda Kattaqo`rg`on shahar IIB tezkor vakili S.Umarov va boshqalar uni shahar IIB binosida haqorat qilib, echintirishga majbur qilishganligini bildirgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 03.06.2018 yil soat 10:00 larda fuqaro N.T. Kattaqo`rg`on shahrining "Dehqon bozori"da bo`lgan vaqtida shahar IIB xodimlari uni o`g`rilik qilganlikda gumon qilib, shahar IIB ma`muriy binosiga olib kelishganligi aniqlangan. Shahar IIB tezkor vakili S.Umarov unga o`g`rilik qilish maqsadida bozorga kelganligini aytib, uni haqorat qilgan. So`ng IIB ma`muriy binosining koridorida N.T. ning egnidagi barcha kiyimlarini echishga majbur qilib, bu holatni o`zi videotasvirga olgan.

2018 yil 4 iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattako`rg`on shahar IIB tezkor vakili S.Umarovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda S.Umarov ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Kattaqo`rg`on shahar IIBda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar