O`zbekistonda nobiometrik pasportning amal qilish muddati yana uzaytirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi 494-son qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo`lmagan pasportining amal qilish muddati mamlakat hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.
Chet el hududida bo`lgan fuqarolar uchun esa bu muddat pasportning amal qilish muddati tugaguniga qadar uzaytirildi.






