AsosiyJamiyat

Tanzila Norboeva: Haqorat va tahdid ostida qolgan aël muammosi bilan albatta shug`ullanamiz

'Tanzila Norboeva: Haqorat va tahdid ostida qolgan aël muammosi bilan albatta shug`ullanamiz'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva Kattaqo`rg`on shahrida haqorat va tahdid ostida qolgan aël holati yuzasidan o`z fikrini bildirdi:

"Samarqandlik ayol bilan bo`lgan voqea - bu albatta, hech qaysi odob va ahloq koidalariga to`g`ri kelmaydi. Avvalo gap shu «erkak» tarbiyasining darajasi to`g`risida bo`lishi kerak.

Bu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas, aksincha, bu nufuzli vazirlik o`z saflarini nopok, qo`pol xodimlardan tozalayapti.

Respublika xotin-qizlar qo`mitasi ayollar bilan, u qanday xato kilib qo`yganidan katiy nazar, bunday munosabatda bo`lishga mutlaqo qarshi! Biz barcha ayollarimizni himoya qilish borasida o`z faoliyatimizni olib bormokdamiz. Xozirgi kunda oilada, mexnat jamoasida, kucha-kuyda ael zo`ravonlik qurboni bo`lsa, biz albatta uni himoya qilamiz.
Bu borada har bir tumanlarimiz va shaharlarda ayollarga yordam beradigan markazlar tashkil qilinmokda, shu bilan birga zo`ravonlikning oldini olishga qaratilgan maxsus qonun yaratilishi ustidan ham ish olib borilmoqda.

Mazkur voqea barcha xotin-qizlarimizning nafratini uyg`otdi, buni ijtimoiy tarmoqlardagi qizg`in muhokamalar ko`rsatmoqda.
Biz Bosh prokuratura tomonidan qo`zg`atilgan tergov ishi yakunlarini kutamiz va shu ayolning muammosi bilan albatta shug`ullanamiz".

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar