AsosiyJamiyat

Oliy Majlis deputati Kattaqo`rg`ondagi mojaroli vaziyatga keskin munosabat bildirdi

'Oliy Majlis deputati Kattaqo`rg`ondagi mojaroli vaziyatga keskin munosabat bildirdi'ning rasmi

4 iyul kuni internet tarmoqlarida Kattaqo`rg`on milisiya bo`limiga olib kelingan ayolning echintirilib tahqirlangani tasvirlangan video tarqaldi. Bu jamoatchilik orasida juda katta shov-shuv va turlicha munosabatlarga sabab bo`ldi.

Jumladan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, O`zLiDep partiyasi a`zosi, 88-Yangiyo`l saylov okrugidan saylangan Rasul Kusherbaev ham ushbu vaziyat bo`yicha o`z fikrini bildirib o`tdi.

«Ular o`g`ri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boshli millatni, xalqni, davlatni echintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar... Hayf, hayf, hayf», deb yozgan deputat o`zining sahifasida.

Eslatib o`tamiz, oldinroq 2018 yil 4 iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattaqo`rg`on shahar IIB tezkor vakili, ayolni tahqirlagan S. Umarovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar berilgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar