AsosiyDunyo

“Ochiq qo`llar”dagi muxojirlar Ispaniyaga etib keldi

'“Ochiq qo`llar”dagi muxojirlar Ispaniyaga etib keldi'ning rasmi

Open Arms hayriya tashkilotiga tegishli bortida muxojirlar bo`lgan kema Ispaniyaga etib keldi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

“Ochiq qo`llar” nomli hayriya tashkilotining kemasi 60 dan ortiq qochoqlarni Ispaniyaning Barselona portiga sog`-salomat olib keldi. Kema mintaqada bir necha kundan beri suzib brgan edi. Italiya hukumati ularni qabul qilishni istamagach, Ispaniya qochoqlarga ko`mak berishini ma`lum qilgan. Muxojirlar guruhi turli mamlakat fuqarolaridan iboratdir.Ular orasida falastin, suriyaliklar hamda liviyaliklar bor.

Shuningdek, tashkilotga tegishli yana bir qayiq dengizdan 4 nafar ayol va 5 ta bolani qutqarib, ularni ham portga olib kelgan. Aksariyat ispanlar qochoqlarni qo`llab-quvatlashlarini hamda ularga yordam ko`rsatishlarini ta`kidlashmoqda. Ispaniya hukumati esa migrantlar tufayli o`tgan yili sayyohlar oqimi sezilarli tushib ketganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar