AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayrim saytlar faoliyatiga chek qo`yiladi

'O`zbekistonda ayrim saytlar faoliyatiga chek qo`yiladi'ning rasmi

O`zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan foydalanuvchilarga o`z joniga qasd qilishni o`rgatuvchi internet saytlari faoliyatiga chek qo`yiladi, deb yozadi "Xalq so`zi".

Xususan, joriy yil 1 noyabriga qadar Ichki ishlar vazirligi o`z joniga qasd qilishga moyil bo`lgan shaxslar bilan ishlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, hayotning qiyin vaziyatlaridan qanday qilib chiqib ketishga doir maslahatlar beradigan, ayni chog`da ijtimoiy reabilitasiya va moslashuv muassasalari telefon raqamlari ko`rsatilgan maxsus saytlar yaratiladi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston o`z joniga qasd qilish soni bo`yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o`rinda qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar