AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi xorijiy investorlar huquqlarini himoya qiladi

'Adliya vazirligi xorijiy investorlar huquqlarini himoya qiladi'ning rasmi

Adliya vazirligi o`ziga yuklatilgan vazifalarni ta`minlash doirasida xorijiy investisiyalar faoliyatiga oid qonun hujjatlarini qo`llash amaliyotini o`rganmoqda.

Agarda Siz xorijiy investor sifatida:

  • faoliyatingizni boshlash yoki uni takomillashtirish bilan bog`liq taklif hamda murojaatlaringiz davlat idoralari tomonidan paysalga solinayotgan bo`lsa;
  • soliq va boshqa imtiyozlarni qo`llashni rad qilish holatlariga duch kelsangiz;
  • qonun hujjatlarining qo`llanilishi bo`yicha va boshqa masalalarda huquqiy maslahat olmoqchi bo`lsangiz;
  • mamlakatimizda investision muhitni takomillashtirish yuzasidan takliflaringiz bo`lsa;

Adliya vazirligiga 1008 raqami orqali “Ishonch telefoni”, Feysbukdagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustisiey” guruhi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Xorijiy investorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va himoya qilish bo`yicha Adliya vazirligi tomonidan sudlarga da`vo arizalari kiritilishi, qonunbuzilishga yo`l qo`ygan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli choralar ko`rilishi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar