AsosiyJamiyat

Har bir davlat tashkilotida jamoatchilik kengashi tuziladi

'Har bir davlat tashkilotida jamoatchilik kengashi tuziladi'ning rasmi

“Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilingan.

Qarorga ko`ra har bir davlat tashkilotida huzurida, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar huzurida jamoatchilik kengashlari tuziladi.

Jamoatchilik kengashlari davlat organi rahbarining qaroriga asosan tuzilib, unga mehnat faxriylari, obro`li fuqarolar, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qabul qilinadi.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o`rnatish, fuqarolar va davlat organlari o`rtasida o`ziga xos ko`prik vazifasini bajarish Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar