AsosiyJamiyat

Endi er uchastkasini internet orqali sotib olish mumkin

'Endi er uchastkasini internet orqali sotib olish mumkin'ning rasmi

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko`ra, bundan buyon bo`sh er uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi doimiy foydalanishga beriladi.

Bunga ko`ra er uchastkalari quyidagi narxlarda belgilanadi:

  • er uchastkasi maydoni 0,01 gektar bo`lganda, eng kam ish haqining ikki baravari;
  • er uchastkasi maydoni 0,01 gektardan 0,05 gektargacha bo`lganda, eng kam ish haqining uch baravari;
  • er uchastkasi maydoni 0,05 gektardan 0,1 gektargacha bo`lganda, eng kam ish haqining to`rt baravari;
  • er uchastkasi maydoni 0,1 va undan ko`p gektar bo`lganda, eng kam ish haqining besh baravari miqdorida.

Tuman hokimining vakolatiga quyidagi erlarni ajratish kiradi:

  • zaxira erlardan;
  • qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun mo`ljallangan erlardan, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug`oriladigan erlar, pichanzorlar va yaylovlar bundan mustasno;
  • o`rmon fondi erlaridan (o`rmon o`simliklari bilan qoplangan erlar bundan mustasno);
  • sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsaddagi erlardan;
  • suv fondi erlaridan.

Vakolatli organlar er uchastkasini tanlashda elektron shaklda xulosalar beradi. Hokimlar bo`sh er uchastkalari bo`yicha olingan materiallarning o`z vaqtida ko`rib chiqilishi uchun shaxsan javobgar bo`ladi.

Bo`sh er uchastkalarini tanlashda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatining hamda tuman ichki ishlar organlari yong`in xavfsizligi bo`limining xulosasini olish talab etilmaydi.

Auksionlar Internet tarmog`i orqali o`tkaziladi. Auksionlarni o`tkazish to`g`risidagi xabar 30 kun oldin e`lon qilinishi kerak.

Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksionni o`tkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13-00 da) yakunlanadi.

Buyurtmalar elektron ko`rinishda beriladi.

Buyurtmalar elektron raqamli imzo bilan imzolanadi.

Buyurtmachi buyurtmanomaga zakalat puli to`langanini tasdiqlovchi to`lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini ilova qilishi mumkin.

Elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli er uchastkasi minimal qiymatining 20 foizi miqdorida belgilangan.

Auksion unga qo`yilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo`lgandagina o`tkaziladi.

Auksion ish kuni mobaynida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha o`tkaziladi.

Elektron onlayn auksionni o`tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo`lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21-00 soatga qadar yakunlanishi lozim. Oxirgi taklifni soat 21-00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g`olibi deb topiladi.

Auksionni o`tkazishda texnik uzilish sodir bo`lgan hollarda, auksion to`xtatiladi va o`tkazish vaqti haqida xabar berilgan holda uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.

Operatordan auksion natijalari to`g`risidagi bayonnomani olgan paytdan boshlab tuman (shahar) hokimlari 3 kun mobaynida g`olibga er uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish to`grisida qaror chiqarishi lozim.

    Boshqa yangiliklar