AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bitta uyushma tashkil etildi

'O`zbekistonda yana bitta uyushma tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi tegishli qarori bilan Soya etishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi.

Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar tarqatdi. Hujjat bilan Uyushmaning asosiy vazfalari ham beligilab berildi.

Unga ko`ra, Uyushma soya etishtirishni tashkil etishni kompleks rivojlantirish bo`yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-texnik, texnologik va investision siyosatning amalga oshirilishiga ko`maklashishi belgilandi.

Fermer xo`jaliklari va boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a`zo bo`lishi mumkin va uning tarkibidan chiqish
huquqiga ega.

Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar