Kecha mamlakatimizdagi 8 ta oliy harbiy ta`lim muassasalariga qabul bo`yicha 4 hududda test sinovlari bo`lib o`tdi.
Jarayon 2 smenada katta sig`imli, videokuzatuv texnika vositalari bilan jihozlangan binolarda shaffoflik ta`minlangan holda o`tkazildi, deya ma`lum qiladi Davlat test markazi.
Test sinovlariga ishtirok etishi belgilangan 6 066 nafar abiturientdan 55 nafari qatnashmadi, 64 nafari belgilangan tartibni buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
Ayni paytda Davlat test markazi tomonidan test sinovlari natijalarini hisoblash va tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.






