19 yil ilgari Suriyaning Damashq universiteti arab tili filologiyasi yo`nalishida tahsil olish uchun jo`nab ketgan Nodir Qarshiboev O`zbekistonga qaytdi. Bu haqda IIBB Axborot multimedia markazi lavha tayyorladi.
Ma`lum bo`lishicha, u 1999 yil O`zbekistondan ketgan edi. Suriyada boshlangan fuqarolik urushi sabab Turkiya davlatiga ko`chib o`tishga majbur bo`lgan.
2000 yilda Nodir Qarshiboevga nisbatan taqiqlangan diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyatida ishtirok etganlik va belgilangan tartibni buzib xorijga chiqqanlik aybi bilan qidiruv e`lon qilingan.






