AsosiyJamiyat

Xalqaro armiya o`yinlarida o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar 13 yo`nalishda mamlakat sha`nini himoya qiladi

'Xalqaro armiya o`yinlarida o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar 13 yo`nalishda mamlakat sha`nini himoya qiladi'ning rasmi

O`zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo`nalish bo`yicha bo`lib o`tadigan “Xalqaro armiya o`yinlari—2018”ning 13 ta yo`nalishida ishtirok etadi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Mamlakatimiz harbiy xizmatchilari “Qo`shin razvedkasi a`lochilari” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), “Elbrus halqasi” (Rossiya Kabardino-Balkariya), “Sodiq do`st” (Rossiya, Moskva), “Yo`l patruli” (Rossiya, Moskva viloyati), “Merganlik marrasi” (Belarus Respublikasi), “Xavfsiz marshrut” (Xitoy, Korla shahri), “Artilleriya ustasi” (Qozog`iston), “Qurolsoz usta” (Rossiya, Penza shahri), “Musaffo osmon” (Xitoy, Korla shahri), “Harbiy ralli” (Rossiya, Tva viloyati), “Harbiy-tibbiy estafeta” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), “Dala oshxonasi” (Rossiya, Moskva viloyati), “Hamdo`stlik jangchisi” (Armaniston) kabi yo`nalishlarda qatnashadi.

O`tgan yilning 29 iyulidan 12 avgustga qadar o`tkazilgan “ArMI—2017” Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog`iston va Xitoyning 22 ta poligonida bo`lib o`tgan III Xalqaro armiya o`yinlarida O`zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba ishtirok etgandi.

Unda Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidan kelgan 28 mamlakatning 150 dan ziyod jamoasi qatnashgan, O`zbekiston himoyachilari esa mazkur xalqaro armiya o`yinlarida 29 ta tanlovning atiga 8 tasida qatnashib, 5 ta sovrinli o`rinni qo`lga kiritgandi.

    Boshqa yangiliklar