AsosiyJamiyat

“SOCIETY“ jurnalining navbatdagi soni O`zbekistonga ataldi

'“SOCIETY“ jurnalining navbatdagi soni O`zbekistonga ataldi'ning rasmi

Evropada eng mashhur nashrlardan biri – “SOCIETY“ jurnalining navbatdagi soni O`zbekistonga ataldi. Taqdimot Vena shahrida o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Unda 300 nafardan ortiq diplomatik korpus vakillari, tadbirkor-investorlar, O`zbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh.Asadov va “O`zbekipaksanoat“ uyushmasi raisi B.Sharipov ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli jurnalning navbatdagi soni aynan O`zbekistonga atalganining o`z sabablari bor, – deydi jurnal bosh muharriri Gertrud Tauxammer. – Shaxsan o`zim joriy yilning aprel oyida “O`zbekipaksanoat“ uyushmasi taklifiga ko`ra O`zbekistonda bo`ldim. O`zim uchun juda ko`plab, yangiliklar oldim. Shuningdek, uyushmaning bir yilligi munosabati bilan Buxoro shahrida o`tkazilgan Xalqaro forumda ishtirok etib, O`zbekiston va o`zbek ipakchiligi haqidagi ulkan taassurotlar bilan qaytgan edim.

Taqdimotda O`zbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh.Asadov va “O`zbekipaksanoat“ uyushmasi raisi B.Sharipov yig`ilganlarga mamlakatimizda biznes va tadbirkorlikka, xorijiy investorlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, qulay investisiya va biznes muhiti, pillachilik tarmog`i istiqbollari haqida so`zlab berdilar.

Mamlakatimizda olib borayotgan bu kabi yangiliklar xorijliklarda katta qiziqish uyg`otdi. Venadagi bog`da davlatimizning do`stlik daraxti sifatida tut niholi ekildi.

    Boshqa yangiliklar