Qozog`iston Respublikasining Ostona shahrida 14-halqaro “Evraziya” kinofestivali o`z nihoyasiga etdi.
“Yosh kino ijodkorlar kengashi” hamda “Kinematografiyani rivojlantirish markazi” boshchiligidagi 14 kishidan iborat o`zbek kino delegasiyasi mazkur festivalda ishtirok etganidan xabaringiz bor.
Kino dunyosidagi 37 ta eng nufuzli festivallar safidan o`rin egallagan “EVRAZIYa” kinofestivali g`arb va sharqni bir nuqtada mushtarak qila olgan kino bayrami sifatida juda ahamiyatlidir.
Festivalning asosiy konkursida “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga ko`ra “O`zbekfilm” studiyasida suratga olingan “Sabot” badiiy filmi hamda qisqa metrajli filmlar konkursida esa “Mama” deb nomlangan filmlar ishtirok etdi.
Konkursdan tashqari namoishda esa kinorejissyor Jahongir Qosimovning “Nazira “ deb nomlangan badiiy filmi namoish etildi. Konkurs natijalariga ko`ra , sovrinlar qo`yidagicha taqsimlandi
Asosiy konkurs:
1. GRAN-PRI - “To`y tugadi”(Vecherinka okonchena filmi rejissyor M.Garel VAys( Fransiya)
2. “ENG YaXShI REJISSYoRLIK IShI”- “Aga”filmi rej.MilkotLazarev (Bolgariya)
3. Hakamlar xay`atining maxsus sovrini – “Mama”(Dede) filmi rej. Mariya Xatchani (Gruziya)
4. “ENG YaXShI ERKAK ROLI” – Karim Mirhodiev “Sabot” filmidagi Seydulla obrazi uchun (O`zbekiston)
5. “ENG YaXShI AYoL ROLI” – Marta Kozlova “Annaning janglari”(Voyna Ann) filmidagi Anna roli uchun (Rossiya)
Qisqa metrajli filmlar konkursi:
1. GRAN-PRI – “Baliqlar monologi” (Monolog rb) filmi uchun . Rej.Suborna Senjuti(Indiya-Bangladesh)
2. Hakamlar hay`ati e`tirofi-“Kalendar” filmi. Rej. Igor Poplauxin (Rossiya)
Bu yilgi “Evraziya” 14-halqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun 1000dan ortiq filmlar saralandi. Ulardan 12 tasi asosiy konkursda, 35 tasi qisqa metrajli filmlar konkursida hamda 9 ta film “Karavan” konkursdan tashqari namoish etish uchun saralab olindi.
“Evraziya” 14-halqaro kino festivalining eng “yulduzli mehmonlari , fransuz kino yulduzi Vinsent Kassel hamda Serb kinorejissyori Emil Kusturisalar bo`lishdi.
O`zbek kino delegasiyasi 14 kishidan iborat katta delegasiya bilan mazkur festivalda ilk bor ishtirok etishdi.