Xabaringiz bor, avvalroq, Dushanbeda Milliy tibbiyot markazi shifokorlari 9 oylik go`dak tanasida 10ta igna borligi aniqlashgani haqida xabar bergan edik.
Tojikistonning Rudakiy tumaniga qarashli Sarikishti qishlog`ida yashovchi 26 yoshli ushbu ayolni milisiya xodimlari qamoqqa oldi. Uning shaxsi tergov manfaatlarini o`ylab sir tutilmoqda.
Ayol 9 oylik bolasining tanasiga 10 ta ignani sanchganlikda ayblanmoqda. Bola salomatligi xavf ostida qolgan. Surishtiruvlar da ayol shu yo`l bilan Rossiyada qolib ketgan erini qaytarmoqchi bo`lgani aytilmoqda. Bu haqda “Sputnik" xabar berdi.
Dushanbedagi Karabolo tibbiyot markazi vrachlari bolaning bosh chanog`i, burun pastki qismi, oyoqlari, bo`yni, ko`krak qafasida, jami 10 ta igna mavjudligini aniqlashdi. Jarrohlik amaliyoti natijasida ignalarning 6 tasi olib tashlandi. To`rttasini qayta jarrohlik amaliyoti tashkil etish yo`li bilangina olib tashlash mumkin ekan. Mutaxassislar aytishicha, agar shu ignalarni bola yutganda, ichak va boshqa ichki a`zolariga jiddiy ziyon etgan bo`lar edi.
Hozirgi kunda ayolga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






