AsosiyJamiyat

Jahonga mashhur yana bir o`zbek milliarderi

'Jahonga mashhur yana bir o`zbek milliarderi'ning rasmi

Jahonga mashhur biznesmen hamyurtlarimizdan – Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov, Fattoh Shodiev haqida ko`proq bilamiz. Ular bilan saytimiz sahifalarida tanishgansiz. Bugun esa O`zbekistondan chiqqan yana bir milliarder – Alijon Rahmonovich Ibrohimov ma`lumot beramiz.

Alijon Ibrohimov MDH hududidagi yirik «Eurasian National Resources Corporation» kompaniyasining asoschilaridan bo`lib, kompaniya hammuassisi, Qozog`istonning eng yirik ishbilarmon, tadbirkorlaridan biri hamda «Evroosiyo banki» Aksiyadorlik jamiyati direktorlar Kengashining ham a`zosi.

A.Ibrohimov 1954 yili 5 iyunda Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahrida tug`ilgan.

Ha, mashhur xushovoz xonanda va iste`dodli sozandalarni bergan Farg`ona, Marg`ilon bugun ishbilarmon, tadbirkorlar maskani ham hisoblanadi.

“Forbes” jurnalining bergan ma`lumotiga qaraganda, marg`ilonlik biznesmen Alijon Ibrohimov hozir 2 milliard AQSh dollaridan ortiq mablag` egasidir.

1970-1974 yillar Alijon Ibrohimov Moskva veterinariya Akademiyasini, Moskvadagi Sergo Ordjonikidze nomidagi boshqaruv institutini tamomlagan. Alijon Ibrohimov konlardan ma`dan qazib olish va ishlab chiqarish – metall, temir biznesi bilan shug`ullanadi. Ayni tadbirkorlik bilan jiddiy shug`ullanish uchun veterinariya kasbi kamlik qilayotganini sezib, Moskvadagi Sergo Ordjonikidze nomidagi boshqaruv institutini tamomlaydi. Shunday qilib ikki kasbga ega bo`lgan Alijon Ibrohimov «Kazakhstan Mineral Recourses Corporation Investment» TOOsining vakili bo`lib, «PFK „Kara-Tas-AA» TOOsining bosh direktori lavozimlarida ishladi. 1974-1989 yillar Ittifoq “Sentrosoyuz” tashkilotining Qirg`izistonning To`qmoq shahridagi vakili bo`lib xizmat qildi.

Unga “Eurasian Resources Group” (ERG) kompaniyasining 20,7 foiz ulushi, “International Mineral Resources II B.V.” (IMR)ning 33,3 foiz aksiyalari, tarkibida banki bo`lgan «Evroosiyo moliya kompaniyasi» Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining ham 33 foizi unga tegishli. Shuningdek, «Evroosiyo ishlab chiqarish kompaniya”si Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining ham uchdan biri unga qarashli.

Alijon Ibrihimov «PFK «Kara-Tas-AA» TOOda, «Sentrsoyuz» va boshqa bir qator korxona va idoralarda faoliyat yuritgan.

Taniqli multimillioner avvalgi hamkori Mashkevich bilan qo`shma savdo biznesga asos soldi. Keyin ularga Jizzaxlik tadbirkor Fattoh Shodiev ham qo`shildi.

Mashkevich, Ibrohimovlar biznesini Qozog`istonda Sovet Ittifoqi tarqab ketishidan ikki yil avval — 1989 yilda boshlagan edilar. Ular avval aka-uka Chernxlarning “Transworld Group”ida ishlab, so`ng “Ayvedon” kompaniyasini va Evroosiyo bankini ta`sis etishdi.

Uch yildan keyin hamkori “Transworld Group” kompaniyasi soliq to`lamaganlikda ayblanib Qozog`istondan chiqarib yuborildi. Qozog`istonning mahalliy rangli metallurgiya korxonalari, ko`mir, temir va polimetall konlari Ibrohimov-Mashkevich biznes guruhining qo`lida bo`lib qoldi.

Alijon Ibrohimov (A.Ibrohimov, A.Mashkevich, F.Shodiev)dan iborat mashhur “Evroosiyo uchligi”da Qozog`iston fuqaroligiga ega bo`lgan yagona vakil bo`lib hisoblanadi.

Alijon Ibrohimovning gapiga qaraganda, uning dunyoqarashi, fe`l-atvori, tabiati liberal-demokrat. Ammo biznesmenning Shveysariyadagi bitta xatti-harakati fe`l-atvorining yangi qirralarini ochib berdi. Milliarderning Syurix ko`li bo`yidagi villasini skvatterlar* beso`roq egallab oladilar va ular 4 ming kvadrat metrli bo`sh yotgan villani egallaganligi to`g`risida 57 yoshli oligarxni iltimosnoma ruhida yozilgan xat bilan xabardor qilishadi.

Skvatterlar bilan Ibrohimovning advokati olib borgan muzokaralar natija bermagach, mulk egasi yozma holda Syurix polisiyasiga murojaat qiladi. Ish polisiyaga oshganini eshitgan skvatterlar villani tashlab chiqib ketishga majbur bo`ladilar. Shundan so`ng Ibrohimovning odamlari villaning derazalariga temir panjaralar qoqib, barcha santexnikasini chil-parchin qilib sindirishadi, oshxona, pol va plitalarini buzib, yashash uchun yaramaydigan holga keltirishadi.

* Skvatterlar – yotar joyi yo`q bo`lgan va bo`sh yotgan uy-joylarni egallab yuradigan shaxslar.

Skvatterlar ko`l bo`ylab yangi turar joy qidirib ketishadi. Sababi Syurix ko`li atrofida "keyinroq kerak bo`lib qolar”, deb shunchaki puldorlar tomonidan sotib olingan joylar ko`p ekan.

Alijon Ibrohimov 1989-1991 yillar «Nevada-Semipalatinsk» MAD kommersiya markazining bosh direktori, 1998 yildan “Evroosiyo banki” Aksionerlik jamiyati direktorlar kengashining a`zosi bo`lib ish yuritdi. 2001-2007 yillar Evroosiyo sanoat assosiasiyasi prezidiumining a`zosi, 2002 yildan “Kazxrom” TNK Aksiyadorlik jamiyati prezidenti, 2004 yildan shu jamiyat direktorlar Kengashining raisi, 2005 yildan “Qozog`iston alyuminiyi” Aksionerlik jamiyati direktorlar kengashining a`zosi, 2009 yildan esa “Evroosiyo banki” ham direktorlar kengashining a`zosidir.

Alijon Ibrohimov 1992 yildan taniqli ishbilarmonlar: Aleksandr Mashkevich hamda Fattoh Shodiev bilan hamkorlikda ishlay boshladi. 2009 yil 13 iyuldan «Eurasian National Resources Corporation» (ENRC) 14,59 foiz aksiyasiga ega edi. "Rossiya prezidentining do`stlari" davrasining a`zosi hisoblanmish Alijon Ibrohimovning biznes hamkasblari — Rossiya davlat kompaniyalarining rahbarlari: Igor Sechin («Rosneft»), Aleksey Miller («Gazprom»), German Gref («Sberbank»), Oleg Belozerov («Rossiya temir yo`llari»), Andrey Kostin («VTB» banki) rahbari ham bor.

Ro`yxatda shuningdek, «Rosset» boshlig`i Oleg Bedargin, tadbirkor "USM Holdings" kompaniyasining 48 foiz aksiyasiga ega bo`lgan uning asosiy aksioneri, «Megafon» da ham ulushi bo`lgan va «Novy media xolding», «Kommersant`» nashriyot uyi kabi qator mediaktivlar egasi, Mail.ru Groupda ham jiddiy ulushi bor bo`lgan Alisher Usmanov, Rossiya televideniesi Birinchi - «Perviy kanal»ida 24 % aksiyasi, «Evraza»da 31 % aksiyasi bo`lgan Roman Abramovich va boshqalar bor.

Birgina 2007 yilning o`zida Alijon Ibrohimov qaramog`idagi korxonalar 1 milliardga yaqin, aniqrog`i — 800 million AQSh dollari miqdorida daromad ko`rdi. “Forbes” jurnalining yozishicha 2,8 milliard dollari bo`lgan Alijon Ibrohimov 2012 yili Rossiya milliarderlari orasidan 418 o`rinni egallagandi.

Irismat Abduxoliqov, O`zA

    Boshqa yangiliklar