AsosiyDunyo

Varshava aeroportida 14 kishi zaharlandi

'Varshava aeroportida 14 kishi zaharlandi'ning rasmi

Yakshanba kuni Varshava aeroportida zaharli hid tarqalishi oqibatida 14 nafar aeroport xodimi zaharlandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, hid 36 ta bochkaga joylangan fenilasetonitril moddasidan tarqalgan. Zaharli hid Frederik Shopen nomli aeroportning bosh yuk terminali orqali atrofga tarqalgan.

Zaharlangan odamlar ko`ngil aynishi va bosh og`rig`idan shikoyat qilishgan, ularning hammasi kasalxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda kimyo nazoratining maxsus guruhi binoda zarartirlantirish ishlarini olib bormoqda.

Aeroport matbuot kotibi Xubert Voychexovskiyning xabar berishicha, yo`lovchilarga hech qanday ziyon etmagan.

    Boshqa yangiliklar