Filippinning Pasig shahrida yashovchi haykaltarosh Gabriel Tuazon (Gabriel Tuazon) suvarakni qatl etish uchun kichkina elektr stul yasadi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Tuazonning aytishicha, u xonani shamollatish uchun derazani ochganida suvarak uchib kirgan. Haykaltarosh uni biror buyum bilan urib o`ldirishdan jirkangan. Shundan keyin unda elektr stul yasash g`oyasi paydo bo`lgan.
Bunday kichkina elektr stul yamash uchun unga 2 soat kifoya qilgan. Elektr stulga batareya va lampochka o`rnatgandan keyin “qatl” ni videoga olgan. O`zining bu ishini haykaltarosh “suvarak uyimga kirmaganda o`lmasdi”, deb izohladi.






