2019 yili basketbol bo`yicha jahon chempionatining saralash bosqichida Filippin va Avstraliya matchi katta mushtlashuv bilan tugadi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Match paytida avstraliyalik Deniel Kikert raqib jamoa vakiliga zarba bergan va oqibatda ikki jamoa o`rtasida ommoviy mushtlashuv kelib chiqqan. Mushtlashuvga murabbiylar ham qo`shilgan.
Keyin esa match to`xtatilib, maydonni 13 o`yinchi tark etgan. Basketbol maydonida 3 nafar filippinlik va 5 nafar avstraliyalik qolgan. Match esa 89:53 hisobida Avstraliya jamoasi foydasiga hal bo`lgan.






