Kecha, 8 iyul kuni IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol bilan uchrashish uchun O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva Samarqandga tashrif buyurdi.
Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi vakillari kattaqo`rg`onlik ayolning oilaviy sharoiti bilan yana bir bor tanishib chiqdi.
Psixolog yollandi
Ayolning ruhiy holati o`rganildi va xotin-qizlar qo`mitasining tavsiyasiga ko`ra unga lozim paytda ko`mak berish uchun psixolog Shahnoza Mamayusupova biriktirildi.
Advokat yollandicle
T.N. misolida yana bir bor guvoh bo`ldik, inson hayoti davomida o`zi istagan va istamagan paytlarda huquqiy himoyaga muhtoj bo`ladi. Advokat Azamat Ashurboev T.N.ga lozim paytda maslahat berishga mas`ul etib biriktirildi va u tergov-surishtiruv jarayonida huquqiy yordam beradi.
Hamshira yollandi
Bundan tashqari, patronaj hamshira Nilufar Hayitova, Olmazor mahalla fuqarolar yig`ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha mutaxassis Inobat Ergashevalar uning holidan muntazam ravishda murabbiy sifatida xabar olib turadi.
Savdo do`koni ochib berildi
Kattaqo`rg`on tuman hokimligi xotin-qizlar qo`mitasining taklifini inobatga olib, ayolga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida maktab o`quv qurollari va kansellyariya mahsulotlari bilan savdo qilish uchun kichik savdo do`koni tashkil qilib beradigan bo`ldi.
Farzandlari sportga jalb etildi
Farzandlari hududda faoliyat ko`rsatayotgan sportning karate to`garagiga jalb etildi.
Uy-joyi ta`mirlandi
Hududdagi tadbirkorlar va mahalla faollarining tashabbusi bilan ayolning uy-joyi ta`mirlanmoqda.

Mazkur oilada mehmon bo`lgan Bosh vazir o`rinbosari, respublika xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva N.T.ga shunday dedi:
«Singlim N.T. Siz bir vaqtlar adashib jinoyatga qo`l urganingiz bir umr jinoyatchi bo`lib qoldingiz degani emas. Bundan aslo o`ksinmasligingiz kerak. Mahalla, xotin qizlar qo`mitasi sizga hayotingizni izga tushirib olishingizda albatta yordam qo`lini cho`zadi. Buning uchun barchamiz mas`ulmiz».






